Get Even More Visitors To Your Blog, Upgrade To A Business Listing >>

Nima uchun pet-loyihalar sertifikatlardan ko’ra muhimroq?

Tags: mumkin yoki uchun

Posted on Aug 25 Bugungi kunda juda tez rivojlanib borayotgan IT-olamida yangiliklardan doimiy xabardor bo’lish juda muhim. Junior dasturchilar o’z sayohatini boshlashdan oldin ko’pincha kurslardan nima qilib bo’lsayam sertifikat olishga harakat qilishadi. Biroq, sertifikatlar siz bir kursni tugataningizni tasdiqlasa ham, ko’pincha sizni tajribangizni pet-loyihalar ko’rsatib beradi. Mana nima uchun:Amaliy tajriba: Siz kurslar davomida teoriyalarni o’rganasiz, o’quv markazi Yoki o’qituvchi tomonidan tayyorlangan loyihani birga-bir ko’chirib chiqasiz va mashqlar ishlashga vaqt sarflaysiz, pet-loyihalari esa sizdan amaliy muammolarni hal qilishni talab qiladi. Ushbu loyihalar real loyihalarga yaqin bo’lgani uchun, ishlash davomida ko’plab muaommalarga yechim topasiz va bu sizga katta tajriba ulashadi.Qobiliyatingizni ko'rsatish: Sertifikat kursni tugatganingizni tasdiqlaydi, ammo pet-loyihalar sizni kod yozish qobiliyatingizni aniqroq qilib ko'rsatib beradi. Asosan potensial ish beruvchilar junior dasturchilarning shunday loyihalariga qarashadi.Muammolarni bartaraf etishni o'rganish: Pet-loyihalarda biror narsa buzilib qolsa yoki rejadagidek ishlamasa, muammolarni bartaraf etish uchun faqat siz javobgarsiz. Bu holat sizga bebaho tajribalarni berishi Mumkin, chunki kod yozgandan keyin xatolarni bartaraf qilish va ularni qayerdan kelayotganini aniqlash dasturchining asosiy vazifalaridan biri.Portfolio yaratish: Raqobatdosh juniorlar ichida, pet-loyihalar asosan chiroyli rezyumelardan ko'ra balandroq baholanadi. Turli sohalardagi loyihalarga ega portoflio ishga kirish imkoniyatlarini oshirish uchun kalit bo'lishi mumkin.Qanday qilib pet-loyihalar topish mumkin?1. Qiziqishlaringizni aniqlang.O'zingiz qiziqqan sohaga sho'ng'ing. Bu oʻyinlar, sogʻliqni-saqlash, moliya yoki ijtimoiy tarmoq boʻladimi farqi yo'q. Muhimi loyihangizni oʻz qiziqishlaringiz bilan uygʻunlashtirish sizga qo'shimcha motivatsiya beradi.2. Jamiyatdagi og'riqli nuqtalarni toping.Atrofga qarang. Sizni har kuni bezovta qiladigan narsa bormi? Ehtimol, bu vazifani avtomatlashtirish orqali soddalashtirish mumkindir. Misol uchun, ko'plab odamlar oziq-ovqat xarid qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Uyingizda bor narsalarni unutib qo'yish odatiy hol, bu esa takroriy xaridlarga olib kelishi mumkin. Bunda oziq-ovqat uzoq vaqt qolib ketib isrof bo'lishi ham mumkin.Yechim esa:Shunday ilov ishlab chiqingki, u odamlarga quyidagi yo'nalishlarda yordamlashsin:Cheklarni skanerlash: Xarid qilgandan so'ng, foydalanuvchilar o'zlarining cheklarini skanerlashlari mumkin. Keyin ilova xaridlarni virtual omborga qo'shadi.Omborni kuzatish: Ilova omborxonada nima borligini kuzatib boradi, bu esa foydalanuvchilarga bir qarashda nima borligini ko‘rish imkonini beradi. Qo'lda kiritish yoki ma'lumotlar tahlilidan foydalangan holda, u ma'lum oziq-ovqat mahsulotlari (masalan, sut yoki non) qachon tugashini taxmin qilishi mumkin.Aqlli xarid ro'yxatlari: Virtual omborga asoslanib, ilova xarid ro'yxatlarini taklif qiladi. Misol uchun, agar foydalanuvchi retsept tanlasa, ilova virtual omborda mavjud ingredientlarni tekshiradi va xaridlar ro'yxatiga yetishmayotgan narsalarni qo'shadi.Yaroqlilik muddati haqida eslatmalar: Ilova mahsulotlarning yaroqlilik muddati yaqinlashganda bildirishnomalar yuboradi va bu oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi.Sarf-xarajatlar haqidagi ma'lumotlar: Xaridlarni kuzatish orqali ilova qancha pul sarflanayotgani haqida ma'lumot beradi, potentsial tejashni taklif qiladi yoki, agar ular yana sotib olinayotgan bo'lsa, foydalanuvchini ogohlantirishi mumkin.Ushbu og'riqli nuqtalar bunday loyihalar uchun ajoyib asos bo'lishi mumkin.3. Open-source (ochiq manbali) loyihalarga qatnashing.GitHubda juda ko'p ochiq-manbali loyihalar bor. Ularga hissa qo'shish sizga qimmatli tajriba keltirishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, siz ulardan ilhom olishingiz va shunga o'xshash dasturlarni yaratishingiz mumkin.4. Dasturchilar hamjamiyatiga qo'shilingTelegram, Stack Overflow, Reddit yoki maxsus kodlash forumlari g'oyalar bilan to'la. Boshqalar bilan muloqot qilish, fikr-mulohazalarni so'rash yoki mavjud dasturiy ta'minotdagi bo'shliqlarni muhokama qilish sizning uy pet-loyihangiz uchun kontseptsiyani ochib berishi mumkin.5. Keng o'ylamang (dastlab)Sizning birinchi loyihangiz dunyoni o'zgartiradigan ilova bo'lishi shart emas. Bu oddiy vosita, plagin yoki hatto noodatiy o'yin bo'lishi ham mumkin. Maqsad, bir joydan boshlash, o'rganish, takrorlash va keyin kengaytirishdir.6. Tajribangizdagi kamchiliklarni aniqlangSiz o'zlashtirmoqchi bo'lgan maxsus texnologiya yoki til bormi? Loyihangizni ushbu sohalarga e'tibor qaratish uchun moslashtirish ikki tomonlama yutuq bo'lishi mumkin: siz qurish paytida o'rganasiz va loyihangiz bitadi.XulosaEsingizda bo'lsin, uy pet-loyihalarning asosiy maqsadi o'rganish va o'sishdir. Bu yerda xato qilishdan qo'rqmaslik kerak. Aynan bunday loyihadagi xatolar va qoqilishlar sizga qimmatli tajriba beradi.Templates let you quickly answer FAQs or store snippets for re-use. Are you sure you want to hide this comment? It will become hidden in your post, but will still be visible via the comment's permalink. Hide child comments as well Confirm For further actions, you may consider blocking this person and/or reporting abuse skyaltumbhoomi - Aug 25 stephen hamza - Aug 25 Gabriel Temsten - Aug 25 QuoteAura - Aug 25 Once suspended, mabrurdev will not be able to comment or publish posts until their suspension is removed. Once unsuspended, mabrurdev will be able to comment and publish posts again. Once unpublished, all posts by mabrurdev will become hidden and only accessible to themselves. If mabrurdev is not suspended, they can still re-publish their posts from their dashboard. Note: Once unpublished, this post will become invisible to the public and only accessible to Mabrur. They can still re-publish the post if they are not suspended. Thanks for keeping DEV Community safe. Here is what you can do to flag mabrurdev: mabrurdev consistently posts content that violates DEV Community's code of conduct because it is harassing, offensive or spammy. Unflagging mabrurdev will restore default visibility to their posts. DEV Community — A constructive and inclusive social network for software developers. With you every step of your journey. Built on Forem — the open source software that powers DEV and other inclusive communities.Made with love and Ruby on Rails. DEV Community © 2016 - 2023. We're a place where coders share, stay up-to-date and grow their careers.



This post first appeared on VedVyas Articles, please read the originial post: here

Share the post

Nima uchun pet-loyihalar sertifikatlardan ko’ra muhimroq?

×

Subscribe to Vedvyas Articles

Get updates delivered right to your inbox!

Thank you for your subscription

×